Afsuslarda
Shaxboz & Navruz 歌曲集
歌手:Shaxboz & Navruz
专辑:《Shaxboz & Navruz 歌曲集》

Bir bor esla
Qanchalar seni asrardim
Hech kimga ishonmay
Bir bor esla
Seni deb qancha jabr ko'rdim
O'zim o'ylamay
Lekin bugun
Shu bo'ldi menga bo'lgan
Javoblaring sevgimga
Mana bugun
Ketmoqdasan jabrlar
Qo'shib yana jabrimga
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda
Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni
Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan
Afsuslarda qo'msaysan qadrimni
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda
Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni
Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan
Afsuslarda qo'msaysan qadrimni
Ha, bugun menman aybdor
Ayriliqqa bahona shundoq ham tayyor
O'ylab tuzgan rejalaring bugun qo'l keldi
Munosabatimizga bugun nuqta qo'yildi
Ketasan barcha aybni menga ag'darib
Kichkina xatoni ko'pirtirib, bo'rttirib
Sen go'yo oppoq, men esa qora
Haqiqatni yuzimga ayt, yolg'ondan ko'ra
O'zga inson kirib keldimi hayotingga?
Oxirgi vaqtlar sezardim qarab ko'zlaringga
Gumonlarim afsuski, aslida haqiqat
Shunchaki ket, tan olib ortingdan tilay baxt
Asabbuzarliklar, zardalar kerakmas
Ortiqcha so'z dema, hammasi tugadi, bas
Qadrim bilarsan bir kun sog'inganingda
Bir umrga yo'qotib bo'lganingda
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda
Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni
Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan
Afsuslarda qo'msaysan qadrimni
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda
Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni
Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan
Afsuslarda qo'msaysan qadrimni
♪~Musiqa~♪
更多>> Shaxboz & Navruz的热门歌曲