Tun
Shaxboz & Navruz 歌曲集
歌手:Shaxboz & Navruz
专辑:《Shaxboz & Navruz 歌曲集》

Bu tunda yuragim o'zimga aslo boysinmaydi
Mana necha tundurki yurak halovat bilmaydi
Bunga ne sabab, qalbim sen talab
Ko'rmoqlik istab talpinaman o'zingga
Nahotki arzimagan sabablar bizni ayirsa
Nahotki orzularimiz ro'yoga yetmay so'nsa
Tun menga hamroh dardimga guvoh
Qanchalar sog'inganimni biladi faqat tun
Bizga o'sha sirdosh bo'lgan tun
Yana seni eslatar nechun
Seni eslab o'tmoqda mag'zun
Tunim uzun, bedor tun
Bizga o'sha sirdosh bo'lgan tun
Yana seni eslatar nechun
Seni eslab o'tmoqda mag'zun
Tunim uzun, bedor tun
Sog'inchim betinim qiynar
Kelmasa ham ko'zlarim kutar
Tun menga hamroh holimga guvoh
Chekmoqdaman oh
Balki u ham meni kutar
Balki bir kun kelib u qaytar
Meni u o'ylar meni sog'inar
Yoki mendan kechar
Kimlar uchun ne sabab ayrildik
Buni hech anglolmadik
Balki ikkimiz ham ayibdor sevgi
Qadrini bilmadik
Osmonlardan tinmasdan yomg'ir yog'sa
Bu mening ko'z yoshlarim
Ko'kda zarblar bilan chaqmoqlar chaqsa
Bu mening dardlarim
Tun, bizga o'sha sirdosh bo'lgan tun
Yana seni eslatar nechun
Seni eslab o'tmoqda mag'zun
Tunim uzun, bedor tun
Bizga o'sha sirdosh bo'lgan tun
Yana seni eslatar nechun
Seni eslab o'tmoqda mag'zun
Tunim uzun, bedor tun
♬~ Musiqa ~♬
更多>> Shaxboz & Navruz的热门歌曲