Aybim Seni Sevganim
Shaxboz & Navruz 歌曲集
歌手:Shaxboz & Navruz
专辑:《Shaxboz & Navruz 歌曲集》

Bir daqiqaga qani endi seni unutolsam
Qalbim to'ridan qani endi seni o'chirolsam
Seni unuta olsam
Lek ilojim yo'q, taqdir aybdormikin bilmayman
Ne bo'lganda ham vaqtni orqaga qaytarolmayman
Aybim yuva olmayman
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
Kunlarim o'tar, lekin nimadir umid uyg'otar
Tasavvurimda go'yo baribir u menga qaytar
Sevishin yana aytar
Bularning bari ovunishim uchun oddiy sabab
Qancha urinmay sog'inaman suratiga qarab
Qalb etar uni talab
Tuyg'u nahotki qalbimga olib kirsa qayg'u
Axir kutganim faqatgina intilish ezgu
Sababi bir inson qalbimga joylangan
Hayotim mazmuniga ham aylanib ulgurgan
Nahotki sevib qolish shunchalar ham aybimidi
Muhabbat deganlari faqatgina dardmidi
Ne uchun bu dardlar bunchalar uzundan uzun
Qachongacha kun-u tunlarim o'tadi mahzun
Hali qancha sinovlar kutmoqdadir oldinda
Qachon uni butkul o'chiraman hayotimdan
Axir bora-bora tugab bormoqda sabr toqat
Unutishimga nahotki topolmadim matonat
Kuchli bo'lishim kerak, axir hayotim davom etaverar
Bu degani emas hammasi tamom
Baribir sensizlikka ko'nikishim kerak
Lekin bunga nega qarshilik qiladi yurak
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
更多>> Shaxboz & Navruz的热门歌曲