Unutma mani
Shoxruz(Abadiya)
歌手:Young-Nijat
专辑:《Shoxruz(Abadiya)》

作词 : Young-Nijat
作曲 : Young-Nijat
Unutma mani, qaytib kelmasam ham
Unutma mani, sog'inmasang ham
Unutma mani, qaytib kelmasam ham
Unutma mani, sog'inmagan bo'lsang ham
Agarda bilsang sog'inganda yurak
Agarda bilsang sog'inganda ko'ngil
Hech narsa ko'rinmas ekan ko'zlariga uni
Xato qilgan xiyonati uni sevganini
Ko'zlarimga ishonmagandim sani ko'rib o'zga bilan
Ammo bugun sog'inganimdan
Unutdim manga qilgan xiyonatingni
Xato unutib qo'yibman o'zligimni
Turardim qo'limda atirgullar
Egnimda esa oddiy kiyimlar
Oldinlari u hech qachon ahamiyat bermagan
Mani oddiyligimga, kiyimlarimga
Keyin esa birdan o'zgardi hammasi
Avval tushunib yetmadim
Kegin esa angladim
Uni dugonalari tungi sayrlari
Sabab bo'ldi bugungi azoblarimga
Sog'indim yana, sani sog'indim yana
Sog'indim yomon, mani yurakdan hamon
Ketmas isming kun yoki tun
Yuragimga ozorlar beraveradi ayt nechun
Sog'indim yana, sani sog'indim yana
Sog'indim yomon, yurakdan hamon
ketmas isming sani vasling, ayt nechun
Sani bahonalaring ko'payib ketdi
Bilsang bu ahvol mani jonimga tegdi
Deya chiqib ketdim man sani yoningdan
To'xtatadi degan umidlar bilan
Ammo faqatgina xursand bo'lganding
O'zi qutulolmay o'lib turganding
Shunday bo'lsa agar nega
O'zingga bunchalar o'rgatding, va'dalar berding
Axir sevaman-ku deya oradan
Kunlar o'tib qayrib bordim man ahmoq
San esa o'zga bilan boqib ko'zlariga
Tanamni, vujudimni bosdi titroq
Ha mayli o'tadi ketadi bari
Ammo bilgin man qaytmayman
Man sani hech qachon bezovta qilmayman
Lekin unutma mani
Unutma mani, qaytib kelmasam ham
Unutma mani, sog'inmasang ham
Unutma mani, unutma ko'zlarimni
Unutma mani, unutma so'zlarimni
Unutma mani, qaytib kelmasam ham
Unutma mani ~
更多>> Young-Nijat的热门歌曲