Afsuslarda Bir bor esla Qanchalar seni asrardim Hech kimga ishonmay Bir bor esla Seni deb qancha jabr ko'rdim O'zim o'ylamay Lekin bugun Shu bo'ldi menga bo'lgan Javoblaring sevgimga Mana bugun Ketmoqdasan jabrlar Qo'shib yana jabrimga Hali afsuslarda, qolasan armonlarda Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan Afsuslarda qo'msaysan qadrimni Hali afsuslarda, qolasan armonlarda Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan Afsuslarda qo'msaysan qadrimni Ha, bugun menman aybdor Ayriliqqa bahona shundoq ham tayyor O'ylab tuzgan rejalaring bugun qo'l keldi Munosabatimizga bugun nuqta qo'yildi Ketasan barcha aybni menga ag'darib Kichkina xatoni ko'pirtirib, bo'rttirib Sen go'yo oppoq, men esa qora Haqiqatni yuzimga ayt, yolg'ondan ko'ra O'zga inson kirib keldimi hayotingga? Oxirgi vaqtlar sezardim qarab ko'zlaringga Gumonlarim afsuski, aslida haqiqat Shunchaki ket, tan olib ortingdan tilay baxt Asabbuzarliklar, zardalar kerakmas Ortiqcha so'z dema, hammasi tugadi, bas Qadrim bilarsan bir kun sog'inganingda Bir umrga yo'qotib bo'lganingda Hali afsuslarda, qolasan armonlarda Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan Afsuslarda qo'msaysan qadrimni Hali afsuslarda, qolasan armonlarda Baxtli o'tgan kunlardan izlab meni Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan Afsuslarda qo'msaysan qadrimni ♪~Musiqa~♪