Izhor Sevgi nima? Sevgi nima? Azob, hijronmi, Yoki dilni mast etuvchi may? Sevgi nima? Bu imtihonmi, Yoki tong payt yig`latuvchi nay? Sevgi nima? Ahdu vafomi, Dilga cho`kkan xohish, xatomi? Sevgi nima? O`tli nafasmi, Yoki shunchaki orzu havasmi? Sevgi nima? Gozali jodmi, Sevishganlar umrbod shodmi? Sevgi nima? Ilohiy kuchmi, Yoki faqat itoat, burchmi? Sevgi nima? Bir shirin tushmi, Yoki sevib so`ng unutishmi? Sevgi nima? (Sevgi nima?) Sevgi nima? (Sevgi nima?) Ayt! Ayt, kimga keragi bor yaralangan dil? Nega boshqasin sevaman, demaydi til? Qoldim bir o`zim, dilda og`rig`im bilan, Sog`indim yulduzim, osmon esa baland. Alam, alam, qizig`i yo`q olam, Atrof to`la odam, jargacha bir qadam. Hech kim bermas yordam, dunyo qorong`u ham, Maylimi so`rasam...? Maylimi so`rasam, kimlarga beg`ubor boqadi ko`zlaring? Kimning yuzini, ayt, silaydi qo`llaring? Kimning mehridan so`ng men bo`ldim keraksiz? Nega menga og`ir, nega og`ir sensiz? Yuragim tubida, hukm suradi dard, Ichimdan sezaman, sendan kechmog`im shart. Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim, Lek baribir... Sevgi nima? Bu azob yoki malham? Bu savolga javob yo`q, hatto menda ham. Kuyga solaman, dildan chiqgan so`zlarimni, Visoling hali ham tark etmaydi o`ylarimni. Sevgi nima o`zi? Nega unga intilamiz, Mushkul erishamiz, so`ngra oson yo`qotamiz? Bu dunyoni qutqaruvchi his bo`lsa muhabbat, Unda meni hech kim qutqarolmaydi to abad.?